Bu fermerlar bilan xorijiy va mahalliy iste’molchilarni birlashtiruvchi onlayn savdo platformasi

Muammolar

  • Qanday qilib ishonchli va doimiy mijozni topish mumkin?
  • O‘simliklarni sifatli yetishtirish uchun foydali vositalarni qanday to‘g‘ri tanlash mumkin?
  • Qanday qilib urug‘ va ko‘chatlarni to‘g‘ri tanlash mumkin?
  • Xaridor bilan oldindan to‘lov borasida qanday qilib kelishib olish mumkin?
  • O‘simliklar himoyasi uchun zarur vositalarni qayerdan topsa bo‘ladi?
Bizningyechim

Assalom Agro - bu chet eldan fermerlar va importchilarni birlashtiruvchi onlayn savdo platformasi.

Biz raqamli platformamiz orqali qishloq xoʻjaligi operatsiyalarini sheriklarga xizmat koʻrsatish tarmogʻimiz bilan birgalikda amalga oshirmoqdamiz. Assalom Agro xaridor-sotuvchiga onlayn toʻlovlarni, mahsulot sifatini nazorat qilish xizmatlarini va integral logistika xizmatlarini taqdim etadi.

Logistika kompaniyalari

Bugungi kunda logistlar eksportchi kompaniyalarga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z xizmatlarini taklif etishga majburlar. Yaqin vaqt ichida eksportni rejalashtirayotgan, mahsulot turi va yuk ortish sanasi ko‘rsatilgan eksportchilarning tayyor ro‘yxati bo‘lsa, logistika kompaniyalarining ishi ham ancha yengillashadi. Bizning platformamiz orqali logistika kompaniyalari eksportchilarga o‘z narxlarini taklif etishlari mumkin.

Urug‘ va ko‘chat sotuvchilar

O‘zbekistonda urug‘ va ko‘chatlarni import qiluvchi va ishlab chiqaruvchi bir qator yirik kompaniyalar mavjud. Ularning har birida o‘simliklarni parvarish qilish bo‘yicha tayyor qo‘llanmalar bor. Ammo ko‘pgina fermerlarda bunday ma'lumotlardan foydalanish imkoni yo‘q. Bizning platformamiz orqali mutaxassislar o‘z mahsulotlarini taklif etishlari va ularga murojaat qilgan fermerlarga konsultatsiya berishlari mumkin.

Qadoqlash korxonalari

Mahsulotlarni sifatli qadoqlamasdan turib eksportni amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu muammoni yechimi sifatida O‘zbekiston hududidagi barcha saralash va qadoqlash korxonalarining xizmatlari platformamizda jamlangan.

O'simliklar klinikasi

Ma`lumki O‘zbekiston hududidagi yer maydonlari iqlimiy-jihatdan bir-necha turlarga bo‘linadi. Bizning platformamizda ushbu xususiyatlardan chuqur biluvchi professional agronomlar tomonidan onlayn interaktiv maslahatlar berib boriladi.

Agrotexnikalar

Dehqonlarimizga qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekiston hududida agro-texnikalar bilan savdo qiluvchi kompaniyalar mahsulotlarini onlayn savdosi yo‘lga qo‘yilgan.

Sug‘urta kompaniyalari

Rivojlangan davlatlarda sug‘urta kompaniyalari allaqachon agrosanoat eksporti zanjirining ajralmas qismiga aylanib bo‘lgan, ammo bizda sug‘urta faqatgina yuk tashishning bir qismi sifatidagina mavjud. Boshqa bosqichlarda esa sug‘urta kompaniyalari ishtirok etishmaydi va buni juda katta xatar borligi bilan izohlashadi. Biz esa xatarlarni minimallashtirish uchun «Assalom Agro» platformasiga bir nechta sug‘urta kompaniyalarini kiritmoqchimiz. Bu yo‘l bilan eksportchilarga eksport zanjirini to‘g‘ri yaratishga yordam beramiz

Bu qandayishlaydi?
  • 1
    Platformada ro'yxatdan oʻting
  • 2
    Bizga hosilning xususiyatlari va tafsilotlari haqida ma'lumot bering
  • 3
    Ogʻirligi va narxni belgilang
  • 4
    Siz uchun mos inkoterm turlarini tanlang
  • 5
    Logistika yoki mahsulot sertifikatlari kerakligini belgilang
  • 6
    Mahsulot uchun taklif narxini kiriting
  • 7
    Sotuvchingizning takliflarini yoki xaridorning taklifini maqullang
  • 8
    Elektron pochta orqali yoki xabarnoma markazi orqali xabardor bo'ling
Ishtirokchilar
0Fermerlar
0Bogʻlar
0Qadoqlash korxonalari
0Transport korxonalari
Hamkorlar