Biz haqimizda

Platforma faoliyatining asosiy vazifalari etib:
- turli sohalarga o'zi ishlab chiqayotgan innovasiya mahsulotlarini keng jalb etish;
- zamonaviy axborot-kommunikasiya mahsulotlarini ishlab chiqish orqali tizimlarni avtomatlashtirish va raqamlashtirish;
- tashkilot va idoralar faoliyatlarini o'rganish va ularda zamonaviy tizimlarni tashkil etish kabilarni belgilab olgan.
Jumladan, bugungi kunda jamoamiz tomonidan mamlakatimizning agrar sohadagi unumdorligi va eksport salohiyatini oshirish, biznesni osonlashtirishga yordam berish, yurtimizda etishtirilayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda sotilishini avtomatlashtirilgan elektron platforma orqali bajarish, shuningdek, "daladan dasturxongacha" tamoyilini amalga oshirish maqsadida "Assalom Agro" platformasi ishlab chiqildi.
"Assalom Agro" savdo platformasi orqali nafaqat meva-sabzavot mahsulotlarining sotuvchi va xaridorlariga, balki eksportga ko'maklashuvchi sohalar – transport va logistika, qadoqlash, muzlatkich va omborxonalar, mustaqil inspektsiya va boshqa shu kabi korxonalariga ham qulayliklar yaratildi.