Texnologiyalar inson hayotining barcha sohalariga jadal su’ratlarda o‘rnashmoqda. Sun’iy intellekt inson bajaradigan barcha jarayonlarni tezlashtirib, ularni yaxshilamoqda hamda takomillashtirmoqda. Texnologiyalardan ortda qolganlar, muqarrar ravishda hayotdan ortda qoladilar. Agrar sohaga axborot texnologiyalarini joriy qilmasdan, raqobat va taraqqiyotni kutish noto‘g‘ri.
Bizning maqsadimiz, avtomatlashtirish hisobiga jarayonlarni soddalashtirish va bu bilan qishloq xo‘jaligi mahsuldorligini va eksport imkoniyatlarini oshirishdir. Qolaversa avtomatlashtirilgan «Assalom Agro» platformasi orqali yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish hisobiga ichki va tashqi bozorlardagi daromadni oshirishdir.
Biz asrlar davomida tuproqlarda shakllangan an’analarni saqlab qolish va ularni boyitish maqsadida, dunyo dehqonlarini birlashtirgan holda yangi imkoniyatlarni yaratmoqdamiz.
«Assalom Agro» platformasida siz o‘z mahsulotlaringizni shaffof raqobat asosida sotish imkoniga egasiz. Eksport uchun logistika, qadoqlash hamda agro-maslaxat xizmatlaridan ham foydalanishingiz mumkin. Qolaversa, platformada o‘zaro aloqaga ega ichki ma’lumotlar bazasi ham joy egallagan.
Aytib o‘tish joizki, boshqa bu turdagi platformalardan farqli o‘laroq, «Assalom Agro» platformasida avtomatlashtirilgan ma’lumotlar tizimiga ega dunyo davlat organlari integratsiyasi, xalqaro integratsiya hamda qadoqlash sehlari va dalaning o‘zidan eksport qilish xizmatlari o‘rin egallagan.
«Assalom Agro» platformasida mahsulotni sotish jarayoni oson va qulay kechadi: siz ro‘yxatdan o‘tasiz va darhol savdo bosqichiga o‘tasiz. Muhimi shundaki, platformadagi jarayonlar xalqaro savdo qoidalari asosida amalga oshadi.
«Assalom Agro» – dehqonchilik sohasini umumiy raqamlashtirish uchun yaratilgan loyihadir. Loyiha dunyo fermerlari uchun, yerning har bir qarichi unumdorligini oshirishga qaratilgan. Samaradorlikni oshirib, hamjihat bo‘lib, mahsulotimiz unumdorligini oshirib, katta foydaga erishamiz!